1

Ukrainalik sportchi xatolik tufayli O`zbekiston madhiyasi ostida taqdirlandi

Sport 14.10.2014, 10:13
Ukrainalik sportchi xatolik tufayli O`zbekiston madhiyasi ostida taqdirlandi

Xitoyda bo`lib o`tayotgan gimnastika bo`yicha jahon chempionatida ukrainalik sportchi oltin medal sohibi bo`ldi. Biroq mukofot topshirish chog`ida Ukraina o`rniga O`zbekiston madhiyasi yangradi.
Nankin shahridagi jahon chempionatida ukrainalik gimnastikachi brusda mashq bajarish bo`yicha birinchi o`ringa sazovor bo`ldi. Biroq oltin medal unga o`z vatani madhiyasi emas, O`zbekiston madhiyasi ostida topshirildi.
Ta`kidlash joiz, chempionat boshqa qiziqarli voqealarga ham boy bo`ldi. Chunonchi, ko`pkurash bo`yicha qizlarni taqdirlash marosimida berilgan guldastalardan biri ichidan ari chiqib, g`oliba qizga hujum qilgan edi.

Manba: www.kun.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1