AsosiySiyosat

Tuman (shahar) hokimi o`rinbosarlari prezident akademiyasida malakasini oshiradi

'Tuman (shahar) hokimi o`rinbosarlari prezident akademiyasida malakasini oshiradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 avrystdagi karorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2018–2019 o`quv yilida mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar boshqaruv kadrlarining malaka oshirish jadvali tasdiqlandi.

Akademiya Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda har yili sentyabr oyidan boshlab hududiy filiallarda zamonaviy ta`lim texnologiyalarini tatbiq etgan holda yuqori saviyada mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari hamda boshqa davlat tashkilotlari boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etilishini ta`minlaydi.

Malaka oshirish kurslari tinglovchilari Akademiyaning Axborot-resurs markazi elektron adabiyotlar fondidan bepul foydalanadi.

Bundan tashqari, ish joyidan ajralgan holda malaka oshirish kurslari va o`quv-amaliy seminarlarga yuboriladigan tinglovchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sutkalik va transport xarajatlari qoplanadi.

01.JPG

02.JPG

*Izoh: yanvar va fevral oylarida respublikaning barcha tuman (shahar) hokimlarining o`rinbosarlari malaka oshiradi.

** Xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlarining buyurtmalari ko`ra to`lov-kontrakt asosida malaka oshirish o`quv kurslari tashkil qilinadi.

    Boshqa yangiliklar