AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi 'ning rasmi

Bugun, yakshanba kuni O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo`ng`iroq qilib uni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

Suhbat davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni ikki tomonlama hamkorlik yordamida chuqurlashtirish haqida so`z bordi. Prezidentlar O`zbekiston va Rossiya do`stlik hamda strategik ittifoqchilik munosabatlarining rivojlanayotganini qayd etishdi.

“Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratildi. Mahsulot ayrboshlash hajmlari tez o`sib bormoqda. Neft-gaz, energetika, metallurgiya, mashinasozliq, elektrotexnika, to`qimachilik va oziq-ovqat sohalarida yirik investision loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi”, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari xabarda tinch atom va hududlararo hamkorlik ham rivojlanayotganini, Toshkentda ushbu haftada birinchi bor "O`zbekiston - Rossiya" hududlararo forumi bo`lib o`tishi qayd etildi.

Eslatib o`tamiz, bugun 7 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 66 yoshga to`ldi. Dmitriy Peskov aytishiga qaraganda, Rossiya prezidenti ushbu bayramni o`z yaqinlari va oila a`zolari davrasida kutib oladi.

    Boshqa yangiliklar