AsosiySiyosat

O`zbekistonning Rossiyadagi yangi elchisi tayinlandi

'O`zbekistonning Rossiyadagi yangi elchisi tayinlandi'ning rasmi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Grigoriy Karasin O`zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovdan ishonch yorliqlarini qabul qildi, deb xabar qildi Rossiya TIV matbuot xizmati.

Karasin Asadovni lavozimga tayinlanishi bilan tabriklab, unga muvaffaqiyat tiladi.

Diplomatlar Rossiya-O`zbekiston ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalar bo`yicha fikr almashishdi.

Ular Rossiya prezidentining O`zbekistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko`rish, hamkorlikning yangi hujjatlar loyihalarini tayyorlash ishlarini yakunlashga alohida e`tibor qaratildi.

Eslatib o`tamiz, Vladimir Putin 18-19 oktyabr kunlari O`zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan. Shuningdek, bu tashrif doirasida birinchi Rossiya-O`zbekiston mintaqalararo hamkorlik forumi o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar