AsosiyJinoyat

Uy sotish bahonasida 64 mln so`mni o`zlashtirgan shaxs qo`lga olindi

'Uy sotish bahonasida 64 mln so`mni o`zlashtirgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

8 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Past Darg`om tumanida yashovchi G`.X. IIBga murojaat qilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, unda 2017 yil 25 aprel kuni uning tanishi U.Q. (ismli ayol) o`zining So`g`diyona maskanida joylashgan xonadonini sotmoqchi ekanligini aytib, aldov yo`li bilan undan 64 mln. 117 ming so`m pulini olib shu kungacha uyining hujjatlarini ham olgan pullarini ham bermay kelayotganligini ma`lum qilingan.

Ko`rilgan choralar natijasida U.Q. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar