O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`ldi.
Davlat rahbarlarining Elisey saroyida o`tgan muzokaralari har tomonlama samarali bo`ldi. Ikki mamlakat uchun manfaatli va uzoq muddatli kelishuvlarga erishildi.
Hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat imzolandi.
Prezident Shavkat Mirziyoev 9 oktyabr kuni Parijdan Toshkentga jo`nab ketdi, deb xabar berdi davlat rahbarining veb-sayti.