"Rossiya-2018" tashkiliy qo`mitasi rahbari Aleksey Sorokin 2018 yilgi Jahon chempionati musobaqasining Rossiya xududida o`tishi yoki o`tmasligi borasidagi dalilni sug`urta qilmoqchi, ekanliklarini aytib o`tdi.
"Biz Jahon chempionatini sug`urta qilmoqchimiz. Buni FIFA talab qilyapti.
Uning yo`li quyidagicha: Dunyo darajasidagi sug`urta korxonalari topiladi. Ular tenderda ishtirok etishadi. Sababi, judayam katta mablag`lar haqida gap ketmoqda.
Keyin, chempionatni olib qo`yishlari haqidagi dalil-fakt sug`urta qilinadi.
To`rt yildan so`ng nima bo`lishini bilmaymiz. Ammo, hozir JChni o`tkazishimiz uchun global masshtabda muammo ko`rmayapman", - deydi INTERFAX nashri Sorokin so`zlarini keltirib.
Manba: www.interfax.ru