1

O`zbek filmi ilk bor xalqaro “Pusan” kinofestivalida premera qilindi

Madaniyat 15.10.2018, 10:17
O`zbek filmi ilk bor xalqaro “Pusan” kinofestivalida premera qilindi

Rejissyor Rashid Malikovning “Sabot” filmi 23-bor o`tkazilayotgan “Pusan” Xalqaro kinofestivali (“Busan International Film Festival”)ning “Koreya premerasi” dasturida 5-7-10-oktyabr kunlari taqdimot qilindi...

Anvar MADRAIMOV, rejissyor: — Yozda “Pusan” kinofestivalining eng katta kino tanlovchisini O`zbekistonga taklif qilib, “O`zbekkino” vakillari bilan tanishtirgandim. O`shanda “Sabot”ni ko`rsatgandim. Maqsad, o`zaro munosabat bog`lash, o`zbek kinosidagi yangi qadamni ta`minlash edi. Shu tariqa, filmni kinofestivalga qabul qilishgani haqida rasmiy xat yuborishdi. Afsuski, viza bilan bog`liq muammolar sabab, rejissyor Rashid Malikovning o`zi Koreyada o`tayotgan mazkur kinofestivalga kela olmadi. Shu bois filmni bir o`zim taqdim etdim. Kinotanqidchilar “Sabot” filmi manzur kelganini e`tirof etishdi. O`zbekiston haqida mazkur film orqali anchagina katta taassurotlarga ega bo`lishganini ta`kidlashdi. Ayni vaqtda AQSh prodyuser va rejissyorlari dars o`tadigan “Pusan Platform” dasturida bepul o`qiyapman. Buning uchun kinofestival tomonidan barcha sharoit yaratib berilgan.

•“Busan International Film Festival” Osiyodagi eng katta va nufuzli kinofestival hisobalandi. Har yili butun dunyodan kelgan kino ijodkorlar o`z filmlarini namoyish qilishadi.

•Mazkur kinofestivalning eng nufuzli dasturi bu – “Xalqaro premera” (“World Premiere”).

•Ushbu kinofestivalga “Asian FIlm Market” nomli eng katta kino yuozori ham olib boriladi. Boisi bu kino bozorda Xitoy, Koreya, Hindiston kabi davlatlar Osiyoda ishlangan filmlarni katta qiziqish bilan sotib olishadi. “Pusan” xalqaro kinofestivalida AQSh filmlariga talab katta emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1