1

Mamlakatimizda angionevrologiya rivojlantirilmoqda

Salomatlik 15.10.2014, 20:05
Mamlakatimizda angionevrologiya rivojlantirilmoqda

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotiga ko`ra, keyingi yillarda aholi orasida surunkali bosh miya qon aylanishi buzilishi tufayli kelib chiqadigan kasalliklar ko`payib borayotir. Bunga sog`lom turmush tarziga rioya etmaslik, kam harakatlilik, ichish, chekish kabi zararli illatlar ko`proq sabab bo`layotir.
Poytaxtimizda bo`lib o`tgan surunkali bosh miya qon aylanishi buzilishi bilan bog`liq kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy texnologiyalariga bag`ishlangan ilmiy-amaliy anjumanda shu haqda so`z yuritildi. Bu haqida O`zA xabar beradi.
Davlatimiz rahbarining 2011 yil 28 noyabrdagi “Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori va “Sog`lom bola yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tibbiy-ijtimoiy loyihalar bu ishlar samaradorligini oshirishda dasturilamal bo`lmoqda.
Mamlakatimizda jahon tibbiyotining zamonaviy yo`nalishlaridan biri – angionevrologiya izchil rivojlanayotir. Bunday xastalikka chalingan bemorlarga o`z vaqtida malakali tibbiy yordam ko`rsatish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi ikkinchi klinikasining angionevrologiya bo`limida bu yo`nalishda yuksak texnologiyalar vositasida operativ muolajalar o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1