O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki agar tadbirkor soliq tekshiruvi o`tkazishga qarshilik qiladigan bo`lsa, soliqchilar, avvalo, sudga murojaat qilishini ma`lum qildi. Bu haqida uz24.uz xabar qiladi.
Yangi tartibga ko`ra, soliq to`lovchi tekshirish o`tkazish uchun qarshilik qilinganda yoki davlat soliq qo`mitasi mas`ul xodimiga tekshirish hududiga kirish rad qilinganida, davlat soliq qo`mitasi xizmati, avvaliga soliq to`lovchining hisob-raqamida operasiyalarni amalga oshirishni to`xtatish to`g`risida sudga murojaat qiladi.
Asosiy hisob-raqami yopilganida yoki vaqtinchalik bank operasiyalarini o`tkazish to`xtatilganida mijoz boshqa hisob-raqami ocha olmaydi, deya xabar beradi MB.





