2014 yilning 14 oktyabr kuni Ozarbayjonda O`zbekiston va Ozarbayjon davlatlari bojxona xizmatlari o`rtasida 2015-2016 yil uchun ikki tomonlama hamkorlik rejasi imzolandi. Bu haqida uz24.uz xabar beradi.
Imzolangan rejaga ko`ra, Ozarbayjon va O`zbekiston chegaralari orqali o`tayotgan tovarlar haqida taxminiy ma`lumotlarni ayriboshlash nazarda tutilgan.





