1

Termizda Afg`oniston konsulligi ish boshladi

Siyosat 17.10.2018, 10:34
Termizda Afg`oniston konsulligi ish boshladi

Termizda Afg`oniston Islom Respublikasining bosh konsulligi ochilishiga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda O`zA.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`onistondagi maxsus vakili I.Irgashev, Afg`oniston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari N.Andisha va boshqalar azaldan bir daryoning ikki qirg`og`ida yaqin qo`shni, ishonchli do`st bo`lib yashab kelayotgan O`zbekiston – Afg`oniston munosabatlari rivoji keyingi yillarda yangi bosqichga ko`tarilganini alohida ta`kidladi.

Mamlakatimiz Afg`onistonda qator yirik loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining teng sheriklikka asoslangan aloqalari kengaymoqda. Afg`on fuqarolari uchun ixchamlashtirilgan viza tartibi joriy etilgani yaxshi qo`shnichilik munosabatlari mustahkamlanib borayotgani dalilidir.

Shu yil Termiz shahrida Surxondaryo viloyatining investisiya, eksport va turizm salohiyatini yoritishga bag`ishlangan “Ochiq Janub” xalqaro biznes-forumida ishtirok etgan 70 dan ortiq afg`on tadbirkorlari ikki tomonlama shartnomalar imzoladi. Surxondaryo viloyatida afg`on ishbilarmonlarining sanoat korxonalari tashkil etishi va qurilish ishlari bilan shug`ullanishi, servis va xizmat ko`rsatishni yo`lga qo`yishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Termizda faoliyat yuritayotgan Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazida ushbu yurtning 130 ga yaqin yoshlari kasb sirlarini o`rganmoqda.

Termiz shahrida ish boshlagan Afg`oniston bosh konsulligi bu boradagi ishlarni yuksaltirishga ko`maklashib, yaqin qo`shnichilik munosabatlarini yanada faollashtirishga xizmat qiladi. Surxondaryo viloyatida yashayotgan, biznes bilan shug`ullanayotgan, ta`lim olayotgan Afg`oniston fuqarolarining qonuniy manfaatlarini ta`minlaydi. Turli tadbirlar uyushtiradi. Qo`shni mamlakatga boruvchilar uchun viza rasmiylashtirib beradi.

– Mamlakatimiz bilan chegaradosh­ bo`lgan Termiz shahrida Afg`oniston konsulligi ochilganidan boshimiz osmonga etdi, ­­– deydi O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazi talabasi Salim Faruqiy.­ – Bu o`tmishdagi munosabatlarimiz yangicha mazmun bilan boyib, do`stlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani tasdig`idir. Ayni paytda men barcha zamonaviy qulayliklarga ega ta`lim markazida o`zbek tili va adabiyoti fani o`qituvchisi kasbi sirlarini puxta o`rganyapman. Bu erda bizning zamonaviy sharoitlarda yashab, a`lo baholarga o`qishimiz, turli madaniy-ma`rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishimiz, sport bilan shug`ullanishimiz uchun barcha qulayliklar muhayyo qilingan. Buning uchun O`zbekiston davlatidan juda minnatdormiz.

Tadbirda Afg`oniston Islom Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Shahobiddin Temuriy, Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Po`latov ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1