1

O`zbekiston respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi boshlanmoqda

Siyosat 18.10.2018, 09:34
O`zbekiston respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi boshlanmoqda

Poytaxtimizdagi “O`zekspomarkaz”da O`zbekiston respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida hududlararo Birinchi hamkorlik forumi o`z ishini boshlamoqda. Mazkur yirik anjuman O`zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tomonidan Rossiya Federasiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Mazkur forumdan ko`zlangan maqsad ikki mamlakat o`rtasidagi o`zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, jumladan iqtisodiy sohalardagi munosabatlarni chuqurlashtirishdan iborat. Forum doirasida Rossiyadan yurtimizga bir qator vazirlik va idoralar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurmoqda.

Tadbirlar davomida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari o`zaro tajriba almashadilar. Yirik ishlab chiqarish sub`ektlari, tadbirkorlar o`rtasida o`zaro manfaatli hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Bugun kun davomida “Rossiya-O`zbekiston: o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish”, “agrosanoat majmuasi: hamkorlik rivoji uchun o`sish nuqtalari” mavzuida amaliy seminarlar va davra suhbatlari, energetika, mashinasozlik, transport, axborot texnologiyalari, to`qimachilik sohasida faoliyat ko`rsatayotgan rossiyalik kompaniyalarning taqdimotlari o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

“O`zekspomarkaz”da mazkur nufuzli anjumanning o`tishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1