Joriy yilning 16 oktyabr «O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi»ning ilk konferensiyasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli aktyor Matyoqub Matchonov Uyushma raisligiga saylandi. Bu haqda «O`zbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Uyushmaning boshqaruv, nazorat organlarini yopiq ovoz berish shakli bilan saylab olingan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880 sonli «Milliy kinoindustiriyani rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qaroriga ko`ra «O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi» nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etilgan edi.






