AsosiySport

Elnur Abduraimov professional ringdagi ikkinchi jangini o`tkazadi

'Elnur Abduraimov professional ringdagi ikkinchi jangini o`tkazadi'ning rasmi

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni hisoblangan Elnur Abduraimov 19 oktyabr kuni tongda AQShda professional boksdagi ikkinchi jangini o`tkazadi.

Bu safar bokschimizga amerikalik Xose Salinas raqiblik qiladi. Ma`lumot uchun, Elnur bir necha kun oldin prof ringdagi debyutini nishonlagan va jangda amerikalik Aron Xollinsni nokautga uchratgandi. 20 yoshli Salinas esa professional boksda 6 marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g`alaba qozongan. Uchta jangda raqiblarini muddatidan oldin mag`lub etgan.

Jangga AQShning Kaliforniya shtati Indio shahridagi «Fantasy Springs Casino» arenasi mezbonlik qiladi.

    Boshqa yangiliklar