1

O`zbekistonlik hokimlar va Rossiyalik gubernatorlar o`zaro hamkorlik qilishadi

Siyosat 19.10.2018, 11:09
O`zbekistonlik hokimlar va Rossiyalik gubernatorlar o`zaro hamkorlik qilishadi

O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi hududlararo hamkorlik forumi davom etmoda.

19 oktyabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan biznes-nonushta bo`lib o`tdi.

Unda mazkur forum munosabati bilan yurtimizga tashrif buyurgan rossiyalik ishbilarmon doiralar vakillari, hududlar rahbarlari, har ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari xodimlari, o`zbekistonlik qator ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Eslatib o`tamiz, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga tashrifi munosabati bilan o`tkazilayotgan mazkur forum doirasida bir qator tadbirlar, ikki mamlakatning yirik ishlab chiqarish korxonalari, hududiy-ma`muriy birliklar rahbarlari o`rtasida turli bitimlar imzolanishi ko`zda tutilgan.

Dasturxon atrofida investisiyalar joriy etish, sanoat shirkatlarini tuzish, erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini kengaytirish, xorijiy sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish singari masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.Xo`jaev, Rossiya Federasiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri M.Oreshkin, Toshkent viloyati hokimi G.Ibrohimov, Jizzax viloyati hokimi E.Saliev Orenburg viloyati gubernatori Yu.Berg, Sverdlovsk viloyati gubernatori E. Kuyvashev va boshqalar ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari, galdagi vazifalar xususida fikr almashdilar.

Biznes-nonushta davomida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlikni rivojlantiish bo`yicha tashqi iqtisodiy aloqalarni mustaqkamlash yuzasidan Orenburg oblasti hamda Farg`ona. Namangan, Toshkent, Samarqand viloyatlari, Toshkent viloyati bilan Ivanovo, Chelyabinsk oblastlari, Moskva hamda Toshkent shaharlari o`rtasida o`zaro manfaatli bitimlar imzolandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1