1

Ko`ksaroyda Vladimir Putinni rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi (video)

Siyosat 19.10.2018, 11:52
Ko`ksaroyda Vladimir Putinni rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi (video)

Avval xabar qilinganidek, 18 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatimizga keldi.

19 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Ko`ksaroy” qarorgohida Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinni qabul qildi.

Prezidentlar shohsupaga ko`tarildilar. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Mazkur tashrif asnosida Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, turli sohalarda yangi qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Tashrif yakunida davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti qabul qilinishi, yigirmaga yaqin hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O`zbekiston va Rossiya hududlari hamda ishbilarmon doiralari o`rtasida yirik investisiya va savdo shartnomalari imzolanishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1