1

Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin Qo`shma bayonotni imzoladilar

Siyosat 19.10.2018, 15:26
Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin Qo`shma bayonotni imzoladilar

Davlat rahbarlarining samarali muzokaralari yakunida salmoqli hujjatlar qabul qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qo`shma bayonotni imzoladi.

Tashrif doirasida imzolangan 2019-2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, “Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo`yicha yo`l xaritasi, O`zbekistonda Rossiyaning etakchi oliy ta`lim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta`minlash to`g`risidagi bitim, To`qimachilik sanoatida hamkorlik to`g`risidagi bitim o`zaro almashildi.

Tashrif asnosida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 20 ta hujjat imzolandi.

Tomonlar Rossiya Prezidentining O`zbekistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o`rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhidagi keng ko`lamli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kuchli sur`at bag`ishlashiga ishonch bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1