AsosiySport

Fazliddin G`oibnazarov navbatdagi jangiga tayyor

'Fazliddin G`oibnazarov navbatdagi jangiga tayyor'ning rasmi

Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Fazliddin G`oibnazarov ertaga tongda AQShda o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi.

Ushbu jangda hamyurtimizga mezbon bokschi Uilbert Lopes raqiblik qiladi. Bugun Fazliddin muhim jang oldidan tarozidan o`tdi, deb xabar bermoqda MOQ.

Ma`lumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional ringda 5 ta jang o`tkazib, ularning barchasini o`z foydasiga hal qilgan. Janglarning 2 tasida nokaut evaziga raqiblarini mag`lub etgan. Lopesning tajribasi esa bu borada biroz ko`proq. U professional ringda 34 ta jang o`tkazib, ularning 23 tasida g`alaba qozongan. 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 9 ta to`qnashuvda esa mag`lubiyatga uchragan. 1 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo`ygan.

Boshqa yangiliklar