2014 yilning oxirida Erdagi har bir kishiga ikkitadan internet-qurilma to`g`ri keladi

Hi-tech 16.10.2014, 15:05
2014 yilning oxirida Erdagi har bir kishiga ikkitadan internet-qurilma to`g`ri keladi

2014 yilda dunyoda internetga ulangan taxminan 12 milliard dona yoki har bir kishi boshiga 1,7 dona qurilma ishlatiladi. Bu haqda Strategy Analytics tahlil kompaniyasi tadqiqotlariga asoslanib dono.uz xabar beradi.
2020 yilga kelib internet-qurilmalarning soni 33 milliard dona — kishi boshiga 4,3 tagacha etadi.
Tadqiqotda internetga ulanishi mumkin bo`lgan barcha qurilmalar – smartfon, shaxsiy kompyuter, planshet, «aqlli» uy, smart-TV, internetga ulangan media-qurilmalar (o`yin pristavkalari, mediapleer) va ko`tarib yurish mumkin bo`lgan elektron qurilma («aqlli» soat, fitnes-treker)lar hisobga olindi.
Shaxsiy kompyuter, smartfon va planshet kabi an`anaviy qurilmalar hozirda internetga ulangan va foydalanilayotgan barcha qurilmalarning uchdan bir qismiga yaqindir.
Qurilmalar sonining shiddat bilan o`sishini analitiklar internet vositalarining quyidagi turkumlarida kuzatdi: mashinalararo o`zaro ta`sir apparaturasi (M2M), «aqlli» buyumlar («aqlli» soatlar), «aqlli» elektr ta`minot tarmoqlari (smart grid) va «aqlli» shaharlar. Ular hozirning o`zidayoq dunyodagi internet-qurilmalarning deyarli yarmini tashkil qilmoqda. 2020 yilga kelib bu yo`nalishlar internetga yana 17,6 milliard moslamani qo`shish imkonini beradi.
«Ayni paytda buyumlar internetiga besh milliard qurilma ulangan, biz hozir mazkur inqilobning boshlang`ich bosqichidamiz, — deb qayd etdi Strategy Analytics ma`ruzasining muallifi Endryu Braun. – ‘Aqlli’ shaharlar va ‘aqlli’ elektr ta`minot tarmoqlari yaqin kelajakda har bir insonning hayotiga ta`sir qiladigan ikki yo`nalish hisoblanadi».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1