22—28 oktyabr, 2018 yil
Hamal
Butun diqqat-e`tiborni ishga qaratishingizga to`g`ri keladi. Mehnatingiz munosib rag`batlantiriladi. Chunki siz buning uchun harakat qildingiz va albatta, shunga munosibsiz. Haftaning ikkinchi yarmida muhim uchrashuvlarda ishtirok etishingiz kutilmoqda. Bu hayotingizda tub burilish yasashi mumkin. Ushbu o`zgarishlarga tayyor turing.
Savr
«Savr»lardan bu hafta hushyor bo`lish talab etiladi. Ayniqsa, hujjatlar borasida. Ularni diqqat bilan o`qib-chiqib, so`ng imzolang. Shunda ortiqcha ovoragarchilik bo`lmaydi.
Oilada ham vaziyat biroz murakkablashishi mumkin. Turmush o`rtog`ingiz bilan arazlashib qolishingiz ehtimoli bor. Bunday paytda muammodan qochmay, uning oldini olishga harakat qiling.
Javzo
Maqsad sari dadil harakat qiling. Uchragan to`siqlarga taslim bo`lmay, kurashishda davom eting. Ana shunda orzularingizga erishasiz. Buning uchun faqat o`z kuchingizga ishoning. Ozgina hafsalasizlik qilsangiz yutqazib qo`yishingiz aniq.
Boshi ochiq «javzo»lar uchun romantika haftaligi bo`lishi mumkin. Ular o`zlari xohlagandek muhabbatlarini uchratish ehtimoli bor.
Saraton
Hafta davomida ishlaringiz ko`paygandan-ko`payadi. Birining ketidan ikkinchisi bo`y ko`rsataveradi. Diqqat-e`tiboringizni jamlab, ishga kirishing. Faqat his-tuyg`ularingizga erk bermang. Yana bir maslahat: har bir ishingizni o`z vaqtida bajaring. Aks holda, qiynalib qolasiz. Dam olish kunlari tabiat bag`rida sayr qilib, toza havoda hordiq chiqaring. Bu ham dam olishning o`ziga xos uslubidir.
Asad
Omaddan boshingiz ko`kka etadi. Moliyaviy ahvolingiz ancha yaxshilanadi. O`zingiz kutmagan tomonlardan foyda olishingiz mumkin. Ko`rasiz, bu pul juda barakali bo`ladi. Ko`pdan buyon rejalashtirib qo`yganingiz xaridlarni amalga oshirasiz. Va bundan behad xursand bo`lasiz.
Sog`ligingizga ham bee`tibor bo`lmang. Biror bezovtalik sezdingizmi, darrov shifokorga murojaat eting. Va uning aytganlarini, albatta, bajaring.
Sunbula
O`zingizga g`amxo`rlik qilish uchun qulay fursat tug`iladi. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham omad kulib boqadi. Salomatligingizni tiklamoqchimisiz, xaridlarni rejalashtirganmisiz barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Turmush tarzingizni o`zgartirishni xohlaysizmi? Unda hech o`ylanmay yangiliklarga qo`l uravering. Faqat shu kunlarda sayohatga chiqishni rejalashtirgan bo`lsangiz, buni vaqtincha keyinga qoldirganingiz ma`qul.
Mezon
Xushxabarlar eshitib xursand bo`lasiz. Anchadan beri sizni o`ylantirib yurgan muammolarga o`z-o`zidan echim topiladi. O`zingiz uchun foydalibir nechta kelishuvni amalga oshirasiz. Moddiy ahvolingiz ham ancha yaxshilanadi.
Ish bilan bo`lib shaxsiy hayotni ham esdan chiqarib qo`ymang. Farzandlaringiz uchun vaqt ajrating. Ayni dam ularga sizning e`tiboringiz judayam zarur.
Aqrab
Har bir ishga jiddiy yondashing. Bugungi ishni ertaga qoldirmang. Vaqtim bo`lganda qilaman-da, deb boqibeg`amlik qilsangiz yutqazasiz. O`zingizga tashvish orttirib olasiz. Sizga shu kerakmi? Oldinda qancha yumush sizni kutib turibdi. Bor kuchingizni o`shalarni bajarishga sarf eting.
Dam olish kunlari tabiat bag`riga oilaviy sayrga chiqib, maroqli hordiq chiqaring.
Qavs
Bilim va tajribangizni oshirishga kirishasiz. Bir nechta yangi g`oyani ilgari surib, qator yutuqlarga erishasiz. Hamma sizga havas bilan qaraydi. Boshliqlaringiz ham mehnatingizni e`tirof etib, rag`batlantiradi.
Yaqinlaringiz bilan munosabatda biroz ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin. Buning oldini olishga harakat qiling.
Jadiy
Vaqtingiz juda tig`iz bo`ladi. Butun vujudingiz bilan ishga sho`ng`iysiz. Ularni amalga oshirishda sizdan katta kuch va matonat talab etiladi. Shoshmashosharlikka yo`l qo`ymang. Aks holda, qiynalib qolasiz. Yana bir nechta muammo echimini kutib turibdi. Ayni dam ularni hal etish uchun qulay fursatdir. Bunda sizga omad tilaymiz.
Dalv
Har bir ishingizni samarali yakunlaysiz. Moliyaviy ahvolingiz ham ancha yaxshilanadi. Daromadingizni oshirish uchun takliflar ko`p bo`ladi. Ularni aslo rad etmang. Bilmaganlaringizni so`rab o`rganishdan uyalmang. Bu ayb sanalmaydi. Shanba — xaridlar uchun qulay kun. Dam olish kunlari o`zingiz sevgan asarni mutolaa qiling. Axir, bu ham hordiq chiqarishning sinovdan o`tgan eng samarali usuli.
Hut
Qator uchrashuvlarda ishtirok etib, foydali shartnomalar imzolaysiz. Bildirgan takliflaringiz ko`pchilikning qiziqishini oshiradi. Yangi joyga ishga taklif etishlari mumkin.
Zarur bo`lmasa, hozircha xarajatlar qilmay turganingiz ma`qul. Dam olish kunlari do`stlaringiz bilan bir piyola choy ustida diydorlashing.