Umumiy xarajatlari 20 milliard dollarni tashkil qiluvchi ko`prik Gonkong va Xitoyning Chjuhay shahridagi Makao bandargohini bog`laydi. Shu hafta oxirida ochilishi kutilayotgan dunyodagi eng uzun ko`prikning qurilishiga 9 yil sarflandi.
Uning umumiy uzunligi 55 kilometrni tashkil qiladi.
Mutaxassislarning aytishicha, ushbu ko`prik mamlakat bo`ylab sayohatlarda yo`l uchun sarflanadigan uch soatdan ko`proq vaqtni tejashga xizmat qiladi.
Seshanba kuni Chjuhayda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan ko`prikning ochilish marosimida Xitoy prezidenti Si Szin Pin hamda Gonkong va Makao oliy mansabdor shaxslari qatnashishi kutilmoqda.







