AsosiyDunyo

Alisher Usmonov Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi

'Alisher Usmonov Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi'ning rasmi

Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniya Mail.ru Group boshqaruvini kompaniya direktori Borisa Dobrodeevga topshirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Bugun bizning USM xolding, Mail.ru Groupdagi o`z ulushini Borisa Dobrodeev boshchiligidagi kompaniya rahbariyatiga topshirdi. Men oxirgi yillar davomida ushbu ishni tayyorlash bilan shug`ullangan edim. Ishonchim komilki yuqori texnologiyali kompaniyalar – iqtidorli va maqsad sari intilgan yosh avlod boshqarishi kerak. Ular raqamli biznes rivojlanish trendlarini yaxshi tushunadi”, - deyilgan Usmonovning rasmiy xabarida.

“Men boshqaruvdan ko`nglim xotirjam: bizning biznes va moliyaviy natijalarimiz hech qachon bundan yuqori bo`lmagan. Mail.ru Group jamoasi esa – o`z ishini yaxshi biladigan professionallar. Ular mustaqil boshqaruv ostida bozorda o`z pozisiyalarini yanada mustahkamlaydi”, - dedi Alisher Usmonov.

Ma`lumot uchun, USM Holdings kompaniyasi Usmonovning barcha aktivlarini o`zida jamlagan bo`lib, Forbes jurnali tomonidan 12,5 mlrd dollarga baholanadi.

    Boshqa yangiliklar