1

Ravshan Haydarov: Jahon chempionatiga kuchli jamoa yo`l oladi

Sport 16.10.2014, 17:00
Ravshan Haydarov: Jahon chempionatiga kuchli jamoa yo`l oladi

Bugun Yangon shahrida Tailand va O`zbekiston yoshlar terma jamoalari o`rtasidagi U-19 OCh chorak final o`yinidan oldingi matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarovning aytishicha ertaga bo`lib o`tadigan o`yin har ikki jamoa uchun ham qiyin bo`ladi. «17 oktyabr kuni bo`lib o`tadigan o`yin har ikki jamoa uchun ham qiyin o`yin bo`ladi. Kuchli jamoa esa jahon chempionatiga chiqadi. Jahon chempionatiga chiqishni biz qanchalik istayotgan bo`lsak, Tailand ham ana shunday kuchli istak bilan ertaga maydonga tushadi», - deydi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.
Ravshan Haydarov shuninigdek, ertangi raqib ancha tezkor jamoa ekanini alohida ta`kidladi: «Tailand ajoyib jamoa. Tezlik, kuch, g`ayrat va irodasi bo`yicha shu turning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi. Guruh bosqichidagi oxirgi o`yinlari Tailandning har qanday sharoitda vaziyatni o`zgartirishga qodir jamoa ekanligini ko`rsatdi", - deya qo`shimcha qildi Haydarov.
«Ob-havo va iqlim o`yinga o`z ta`sirini ko`rsatmaydi deb o`ylayman. Biz bu sharoitda birinchi marta o`ynamayapmiz va bu haqda bilar edik. Shularni inobatga olib tayyorgarlik ko`rganmiz. Ikki jamoa uchun ham qiyin, ishqibozlar uchun esa qiziqarli o`yin bo`ladi degan umiddaman» deydi Ravshan Haydarov.
Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Sasom Pobpraset 17 oktyabr kuni bo`lib o`tadigan o`yinda O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasini favorit deb atadi.
«Ertaga biz yutqazib qo`ysak odatiy qabul qilinishi mumkin, lekin O`zbekiston yarim finalga chiqa olmasa bu kutilmagan yangilik deb qabul qilinishi mumkin.Raqibimiz kuchli jamoa va ularga qarshi o`yin og`ir kechadi. Qolaversa, tarkibimizda muammolar, jarohat olganlar bor», - deydi Tailand yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.
Tailand U-19 bosh murabbiyi shuningdek, guruh bosqichidagi o`yin bilan ertaga bo`lib o`tadigan o`yin bir-biridan farq qilishini ta`kidadi.«Guruh bosqichidagi kambeklar chiqmasligi mumkin, chunki bu o`yin taqdiri bir o`yinda hal bo`ladi, 3 ta imkoniyat yo`q. Biz bor imkoniyatimizni ishga solamiz, kuchimizni berib o`ynaymiz, lekin raqibimizning kuchli ekanligini ham tan olamiz», - deydi Pobpraset.
Eslatib o`tamiz, Myanmada davom etayotgan U-19 yoshlar o`rtasidagi OCh chorak finalidan o`rin olgan O`zbekiston va Tailan terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv 17 oktyabr kuni Yangon shahridagi stadionda bo`lib o`tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi.

Manba: www.the-uff.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1