Tayvanning shimoli-sharqida joylashgan Ilan uezdida yo`lovchi poezd halokatga uchradi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Poezdning 8 ta vagonidan 5 tasi izdan chiqib ketishi oqibatida 18 kishi hayotdan ko`z yumdi. Bundan tashqari, Reuter axborot agentligi 178 nafar inson jarohatlanganni xabar qilmoqda. “Puyuma Ekspress” poezdi Taybeydan Tayvan sharqidagi Taydunga yo`l olgan edi. Hodisa ro`y bergan vaqtda uning bortida jami 310 nafar yo`lovchi bo`lgan.






