AsosiyJamiyat

"O`zbekenergo" DAK energetika ob`ektlarini modernizasiyalash va rekonstruksiyalashga doir investisiya loyihalarini amalga oshirmoqda

"O`zbekenergo" DAK tomonidan O`zbekiston Respublikasining 2014 yilgi Investisiya dasturiga muvofiq ravishda yangi elektr energetika ob`ektlarini qurish, ishlab turgan energetika ob`ektlarini modernizasiyalash va rekonstruksiyalashga doir investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Hozirda «Tolimarjon IESini ikkita 450 MVt kuchlanishga ega bug`-gaz qurilmasini qurish bilan kengaytirish» loyihasi bo`yicha umumqurilish ishlari olib borilmoqda. Kuchli uskunalar uchun poydevor chuquri tayyorlandi.

«Toshkent IESda 370 MVt quvvatli bug`-gaz qurilmasining qurilishi» loyihasi bo`yicha gaz turbinalari, gazturbinali generatorning va yordamchi uskunalarning asosiy qismlari ta`minlovchi tomonidan etkazib berildi. Joriy yilning oktyabr oyida asosiy bug`-gaz qurilma uskunalarining etkazib berilishi rejalashtirilmoqda.

«Taxiatosh IESda 230-250 MVt quvvatli ikkita bug`-gaz qurilmasining qurilishi» loyihasi bo`yicha maslahatchi (konsultant) tanlash tenderi o`tkazilib, tender g`olibi bilan muzokaralar tugatildi.

«Angren IESda yuqori kuchlanishli ko`mirni yoqish uchun issiqlik berish bilan ishlaydigan 130-150 MVt quvvatli energoblokni qurish» loyihasi bo`yicha bosh pudratchi tomonidan 150 MVt ega generatorni, bug` turbinasi va qozonni tayyorlashga va etkazib berishga shartnomalar tuzildi. Uskunalarni 4-chorakda etkazib berish rejalashtirilgan.

«Angren-Pop» temir yo`l liniyasi qurilishida tortuvchi kuchga ega nimstansiyani tashqi elektr energiyasi bilan ta`minlash» loyihasi doirasida elektr kuchini elektr transportiga moslab beradigan uchta elektr podstansiyasiga elektr etkazib berish bilan ta`minlash ko`zda tutilgan bo`lib, hozirgi vaqtda 220 kV va 110 kV HLda qurilish ishlari olib borilmoqda.

0,4-6-10-35 kVli elektr tarmoqlarini qayta qurish va yangilash bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida umumiy uzunligi 697,5 km yuqori kuchlanish liniyalari qurilib, 629 ta komplekt transformator nimstansiyalar o`rnatildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar