AsosiySport

Jahon chempionati. Elmurat Tasmuradov kumush medalni qo`lga kiritdi

'Jahon chempionati. Elmurat Tasmuradov kumush medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo`yicha jahon chempionati davom etmoqda. Kecha -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Elmurat Tasmuradov barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratdi.

Hamyurtimiz musobaqa davomida Belarus, Xitoy, Moldova va Ukraina vakillaridan ustun keldi. Hal qiluvchi jangda esa rossiyalik Stepan Maryanyanga qarshi gilamga chiqdi va 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bu Vengriyadagi jahon chempionatida O`zbekiston terma jamoasi uchun ikkinchi medal hisoblanadi. Bungacha erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov ushbu jahon chempionatida bronza medalini qo`lga kiritgandi.

Ma`lumot uchun, Elmurat Tasmuradov bungacha ikki marotaba jahon chempionatlarining bronza medallariga ega chiqqan. Rio Olimpiadasi sovrindori uchun bu jahon chempionatlaridagi uchinchi medal bo`ldi.

Milliy olimpiya qo`mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan sportchimizni, uning murabbiylarini va O`zbekiston sport kurashlari assosiasiyasini muborakbod etadi.

    Boshqa yangiliklar