AsosiyMunajjimlar bashorati

Haftalik bashorat: Taqdir tuhfalarini kulib qarshilang!

'Haftalik bashorat: Taqdir tuhfalarini kulib qarshilang!'ning rasmi

Hamal

Har bir ishda ehtiyotkor bo`ling. Ayniqsa, hamkasblar bilan xushmuomala bo`lishga harakat qiling. Ular bilan bahslashib, o`zingizning haqligingizni isbotlashga urinmang. Bundan hech qanday naf ko`rmaysiz. Boshlab qo`ygan ishlaringizni oxiriga etkazishingiz kerak. Yo`qsa, ortiqcha tashvishlar ko`payadi.

Muhabbat bobida aytarli yangilik bo`lmaydi. Dam olish kunlari ochiq havoda sayr qiling.

Savr

Hafta siz uchun omadli boshlanadi. Bir nechta muhim vazifalarni sizga ishonib topshirishadi. Ularni bajarishda ichki sezgingizga quloq soling. Shunda barini uddalaysiz.

Ish bilan bo`lib salomatlikni ham unutib qo`ymang. Biror bezovtalik sezdingizmi, o`z vaqtida buning oldini olishga harakat qiling. Hafta so`ngida qadrdonlar tashrifidan xursand bo`lasiz.

Javzo

Boshlab qo`ygan ishlaringizni omadli yakunlab, moddiy ahvolingizni ancha yaxshilab olasiz.

Yolg`iz «javzo»lar muhabbatlarini uchratishlari mumkin. Hayot yana yorqin ranglarda ko`rinsa, ajabmas! Uyingizda ham yangiliklar qilasiz. Xobbingiz bilan shug`ullaning. Bu ham dam olib, maroqli hordiq chiqarishga yordam beradi.

Saraton

Asosiy vaqtingizni o`zingizga bag`ishlang. Ishlaringizni reja asosida bajaring. Foydasi yo`q yumushlarga vaqt ham, kuch ham sarflamagan ma`qul.

Kelajakdagi rejalaringiz haqida hech kimga aytmang. Fikringizdan chalg`itishlari mumkin. Bergan va`dasini bajarmaydigan tanishlaringizdan uzoqroq bo`ling. Aldanib qolmang, deymiz-da. Pul bilan bog`liq masalalarda ham hushyor bo`ling.

Asad

Bu hafta ijodiy qobiliyatingizni namoyon etish uchun qulay fursat tug`iladi. Hayotingiz yorqin lahzalarga boy bo`ladi. Sevimli mashg`ulotlaringizga ko`proq vaqt ajrating. Ayniqsa, yangi biznas boshlamoqchi bo`lsangiz, imkoniyatni boy bermang. Sizdan ko`mak so`raganlarning taklifini rad etmang. Iloji boricha, ularga yordam qo`lini cho`zing.

Sunbula

Ishlaringizni boshlashdan avval aniq va puxta reja tuzib oling. Shunda qiynalmaysiz. Yangi takliflarni darrov rad etmasdan, yaxshilab o`ylab ko`ring. Balki yaqinlaringizdan maslahat so`rarsiz. Ular sizni bajonidil qo`llab-quvvatlashadi. Hafta so`ngida omadli xaridlar qilasiz. Bundan oila a`zolaringiz xursand bo`lishadi.

Mezon

Muhim uchrashuvlarda ishtirok etasiz. Ortiqcha hayajonu xavotirga berilmang. Bu siz o`ylagan darajada qo`rqinchli emas. O`z bilim va tafakkuringizga tayansangiz hammasi yaxshi bo`ladi. Axir, omad mehnat va izlanish ortidan keladi. Dam olish kunlari oilangiz uchun ham vaqt ajrating. Ular sizning mehringizdan kuch olishsin.

Aqrab

Hayotdan zavqlanib yashashga harakat qiling. Omadim kelmayapti, ishlarim yurishmayapti, demang. O`zingizni ayblab, siqilib o`tirgandan foyda yo`q. O`zingiz yoqtirgan kishilar bilan ko`proq muloqotga kirishing.

Haftaning ikkinchi yarmida omad kulib boqadi. Topganingiz barakali bo`lishi kutilmoqda. Dam olish kunlari tabiat bag`riga sayrga chiqing.

Qavs

O`zingiz uchun biroz tanaffus e`lon qiling. Biror yumushni bajarishga xohish yo`qmi, o`zingizni majburlamang. Vaqtni behuda sarf etgan foydasiz. Yaxshisi, biroz kuting.

Biror maslahat kerakmi, oila a`zolaringizdan so`rang. Ular sizni doimo qo`llab-quvvatlashga tayyor. Dam olish kunlari farzandlaringiz uchun vaqt ajrating.

Jadiy

Muammolarni bartaraf etishga harakat qiling. O`zi bo`lar-da, deb vaqt hukmiga tashlab qo`ymang. Haftaning ikkinchi yarmi muhim kelishuvlar pallasi. Faqat o`zingizga ortiqcha bino qo`ymang. Aks holda hamkorlaringiz siz haqingizda noto`g`ri tasavvurga borishlari mumkin.

Yaqinlaringizdan qarz so`ramang. Rad etishsa, ortiqcha gap-so`z ko`paygani qoladi. Biroz sabrli bo`lsangiz, daromad keladi.

Qavs

Muhim ishlarni belgilab oling. Va ularni bajarishga astoydil kirishing. Haftaning ikkinchi yarmida yangi tanishlar orttirasiz. Ular bilan birga bir nechta yangi g`oyalarni amalga oshirishingiz mumkin.Bu hayotingizda tub burilish yasaydi. Taqdirning bunday tuhfalarini kulib qarshilang. Dam olish kunlarini do`stlar davrasida o`tkazasiz.

Hut

Hafta boshida bir nechta yangi takliflar bo`lishi mumkin. Ularni qabul qilmaganingiz ma`qul. Chunki hozircha buning mavridi emas. Undan ko`ra, boshlab qo`ygan ishlaringizni nihoyasiga etkazing. Agar buni o`zingiz udalay olmasangiz yaqinlaringiz yo hamkasblaringizdan yordam so`rang. Birovlarning muammosiga aralashib, o`zingizga ortiqcha tashvish orttirib olmang.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bashorat 2019: Hut'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 16:19

    'Bashоrat 2019: Dalv'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 15:59

    'Bashorat 2019:  Jadiy'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 15:48

    'Bashorat 2019: Qavs'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 15:16

    'Bashorat 2019: Aqrab'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 14:39

    'Bashorat 2019: Mezon'ning rasmi

    Munajjimlar bashorati 15.01.2019 12:52