Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo`yicha jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqada o`zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina ham ishtirok etmoqda.
Hamyurtimiz tayanib sakrash mashqlarida 14,200 ball jamg`ardi va beshinchi natija bilan finalga yo`l oldi. Hal qiluvchi bahslar 2 noyabr kuni bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, sport gimnastikasi bo`yicha 48-marotaba tashkil etilayotgan ushbu jahon chempionati Tokio 2020 Olimpiya o`yinlari uchun dastlabki lisenzion musobaqa hisoblanadi.






