1

Samarqandda qirg`iz madaniyati kunlari bo`lib o`tmoqda

Madaniyat 29.10.2018, 22:52
Samarqandda qirg`iz madaniyati kunlari bo`lib o`tmoqda

O`zbekistonda o`tkazilayotgan Qirg`iziston madaniyati kunlari ishtirokchilari Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Mehmonlar dastlab Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, bu erda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Qo`shni davlat madaniyat xodimlari Amir Temur maqbarasi, Registon maydonida bo`ldi, ularning tarixi bilan qiziqdi. Bu erda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar ishini, ular yaratayotgan mahsulotlarni kuzatdi.

Tadbir doirasida «Sharq yulduzi» kinoteatrida qirg`iz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan «Qurbonjon Dodxoh» badiiy filmi namoyish etildi. Madaniy dastur Samarqand viloyat musiqali drama teatrida To`xtag`ul Sotilg`onov nomidagi Qirg`iziston Davlat filarmoniyasining milliy folklor dasturi va qirg`izistonlik san`atkorlarning konserti bilan yakunlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1