1

Rishtonda ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jamiyat 30.10.2018, 17:39
Rishtonda ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Joriy yilning 28 oktyabr kuni Farg`ona viloyati Rishton tumani Yoyilma qishlog`i To`lqin ko`chasida yashovchi 2002 yilda tug`ilgan fuqaro hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan Qo`rg`oncha qishlog`ida yashovchi 1986 yil tug`ilgan fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etishgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Baxtsiz hodisa sabablari o`rganilganda, xonadon egasi va mehmon tunab qolgan uyning isitish pechining dudburoni (mo`risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani sababli, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to`lib qolgan va tortish kuchini yo`qotganligi ma`lum bo`ldi.


Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo`lishi hamda uning uy ichiga to`planishi fuqarolarning o`limiga olib kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1