AsosiyJinoyat

Namanganda soxta dollar sotayotgan shaxs ushlandi (video)

'Namanganda soxta dollar sotayotgan shaxs ushlandi (video)'ning rasmi

Namangan viloyati Pop tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi muqaddam sudlangan shaxs tadbir ishtirokchisiga 100 AQSh dollari qalbaki kupyurani 50 AQSh dollaridan hisoblab, jami 2700 AQSh dollari miqdoridagi qalbaki pullarni 1400 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.  

Shundan so`ng, fuqaro kelgan Cobalt avtomashinasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda avtomashinaning old eshigining yon qismida 100 dollarlik kupyuralardagi jami 1000 AQSh dollari, fuqaroning yonida esa 200 AQSh dollari miqdoridagi pullar borligi aniqlanib, tekshirib ko`rish uchun olingan.

Qayd etilishicha, tekshirib ko`rish uchun olingan pullar tayyorlash uslubi tipografiya korxonasida maxsus himoya vositasida emas, balki oddiy boshqa dastgohda tayyorlangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 176-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ayblanuvchi qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar