Bugun, seshanba kuni Samara-Chimkent trassasida shu yil yanvar oyida avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar O`zbekiston fuqarolari halok bo`lishi jinoyat ishi bo`yicha taraflar muhokama sud majlisi o`tkazildi, deb xabar berdi Sputnik.
O`sha baxtsiz hodisada faqat 5 nafar yo`lovchi va 3 nafar haydovchi omon qolgandi.
Prokuror ma`lum qilishicha, avtobus haydovchilari – Barat Tanatarov, Nurjan Kirgizbaev va Maksat Pernebekov “transport vositasini eksluatasiya qilish qoidalarini buzish oqibatida ikki va undan ortiq kishilarni o`limiga olib kelish” moddasi bo`yicha aybi to`liq isbotlandi.
Davlat ayblov tomoni har biriga 5 yil manzil-koloniya jazo chorasini berilishini so`radi.
Prokuror sudlanuvchilar jinoyatni ehtiyotsizlik oqibatida sodir etishganligini ta`kidlab o`tdi.
Boshqa ikki nafar sudlanuvchi: Baxodir Berdibaev (avtobusni reysga chiqargan chilangan) va Nurlibek Telepbaevni (avtobus tegishli bo`lgan firma ta`sischisi) 7 yil manzil-konologiyaga jo`natishni so`radi.

Ayblanuvchilar sudyadan ular aybdor emasligi sababli oqlashni so`radi. Ulardan hech biri o`z aybini tan olmadi. Sudlanuvchilar yong`in ular aybi bilan sodir bo`lmaganligini yana bir bor aytishdi.
Ular avtobus salonida kavshar lampani qulab tushirgan yo`lovchi aybdor deb hisoblashmoqda.
Sariagash shahridan videoaloqa orqali sud yig`ilishida ishtirok etgan jabrlangan tomon ayblanuvchilarga eng og`ir jazo hukm chiqarish zarurligini aytishdi.
“Ular odamlar haqida emas, faqat pul haqida o`ylashgan. Agar haydovchilar odamlarni qutqarishganda, ular hozir tirik qolardi”, - dedi avtobusda halok bo`lgan yo`lovchilardan birining qarindoshi.
Bundan tashqari, jabrlanganlar ayblanuvchilardan har bir halok bo`lgan kishiga 407 ming dollar miqdorida ma`naviy zarar undirishni ham so`rashdi.






