Braziliyaning yangi prezidenti Jair Bolsonaru qo`lga kiritgan g`alabasininishonlashga ham ulgurmasdan turib mamlakatda unga qarshi namoyishlar boshlandi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.
San-Paulo shahrida minglab odamlar uni davlat rahbarligi lavozimiga loyiq emasligini ta`kidlashmoqda. Jair Bolsonaru o`tgan saylovlarning umumiy natijasiga ko`ra, deyarli 55 foiz ovoz to`plab raqiblaridan o`zib ketgan edi. Odamlar "u emas" degan yozuvli plakatlarni ko`tarib olishgan.






