Poytaxtimizda o`tayotgan dzyudo bo`yicha xalqaro Gran-pri turnirining ikkinchi kunida sportchilarimiz bittadan kumush va bronza medalni qo`lga kiritdi.
Musobaqaning vazni 81 kilogrammgacha bo`lgan polvonlar bahsida Yahyo Imomov isroillik Asaf Chen, misrlik Muhammad Abdelaal, mo`g`ulistonlik Uganbatar Otgonbatarni mag`lubiyatga uchratib, shohsupaning ikkinchi pog`onasidan joy oldi.
Ushbu vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Shahzod Sobirov bronza medal bilan taqdirlandi.
Xalqaro turnir davom etmoqda.
uza.uz