AsosiyDunyo

Parijda antiqa moda haftaligi boshlandi

'Parijda antiqa moda haftaligi boshlandi 'ning rasmi

Fransiyaning Parij shahrida antiqa moda haftaligi o`z ishini boshladi, deya xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.

Kolleksiyadan joy olgan liboslarning barchasi shokolad va turli shirinliklar bilan bezatilgan. Podiumda namoyish etilayotgan liboslar oq, qora shokoladlar assambleyasidan iborat. Shokolad moda haftaligining asoschisi Silve Douzning aytishicha, ushbu shoudan ko`zlangan maqsad fransuz qandolatchiligini ham dunyoga ko`rsatishdan iboratdir. 5 kun davom etadigan tadbirda 500 dan ortiq qandolat korxonalari o`z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.

    Boshqa yangiliklar