Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan parlamentning tarqatilishi va navbatdan tashqari parlament saylovlari 9 dekabrga belgilanishi bo`yicha farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Armaniston parlamenti maxsus yig`ilishida bosh vazir vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyanning hukumat rahbarligiga nomzodi ikkinchi bor rad etildi. Uning nomzodiga birorta ham deputat ovoz bermagan. Qonunchilikka ko`ra, bunday holatdan parlament avtomatik tarzda tarqatib yuboriladi. 16 oktyabrda Pashinyan bosh vazir lavozimidan ketgan edi. U bu iste`fosi texnik xarakterga egaligini va parlamentni tarqatish uchun zarurligini tushuntirgan. Armaniston konstitusiyasiga ko`ra, agar bosh vazir iste`fosidan keyin deputatlar parlamentning ikki yig`ilishida yangi bosh vazir tanlay olmasalar, parlament tarqatib yuborilishi kerak.Pashinyan ushbu lavozimga yagona nomzod bo`lgandi.






