Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Bryussel bilan kelishuvga erishdi, deb xabar berdi Bbc.com nashri.
Unga ko`ra, Britaniya kompaniyalari Brexit’dan keyin Evropa Ittifoqi bozorlariga kirish huquqini saqlab qoladi. Ta`kidlanishicha, tomonlar kelishuvi Britaniya kompaniyalarining Evropa ittifoqi bozorlariga kirishi, Buyuk Britaniyaning ushbu sohadagi qonunlari Evropa normalari bilan muvofiqlashgan holda qolishiga qadar saqlanishini nazarda tutadi. Eslatib o`tamiz, avvalroq Brexit’dan so`ng o`tish davri bir necha yilga cho`zilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqagan edi.






