UFC rahbari Dana Uayt irlandiyalik sportchi Konor MakGregor Xabib Nurmagomedovga qarshi revansh jang tashkil qilishni talab qilganini aytdi. Bu haqda Olamsport nashri xabar berdi.
"Biz o`tgan hafta MakGregor bilan uchrashdik va bir soat suhbatlashdik. Konor suhbatda revansh istayotganini aytib o`tdi: "Men tezkor revanshni istayman. Yana unga qarshi jang qilmoqchiman. Yana Xabibga qarshi jang qilish uchun istalgan raqibga to`qnash kelishga tayyorman", - dedi Uayt.






