AsosiyDunyo

Yaponiya vaziri turli xarajatlar sabab ishdan bo`shatildi

Yaponiya Savdo va sanoat, iqtisodiyot vaziri Yuko Obuti xizmat vazifasidan ketdi, deya xabar beradi BBC News. Shu mazmundagi ariza bosh vazir Sindzo Abega 30 daqiqalik uchrashuv davomida berilgan. Ushbu hujjatga imzo chekilgan.

Obuti siyosatga aloqasi bo`lmagan narsalar, xususan pardozlash vositalariga juda ko`p mablag` sarflaganligi taxmin qilinmoqda. Reuters xabariga ko`ra, 2009-2011 yillarda vazir qo`llab-quvvatlashi bilan ikkita fond turli teatr tomoshalarini tashkil etish uchun 43 million ien (16,7 million rubl) sarflagan.

40 yoshli Obuti Yaponiya vazirlar mahkamasidagi beshinchi ayol hisoblanadi. Uning ishdan ketishi jiddiy siyosiy krizisga olib kelishi mumkin.

Yuko Obuti – sobiq bosh vazir Keydzo Obutining qizi bo`lib, otasining o`limidan so`ng 26 yoshida siyosiy faoliyatini boshlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar