AsosiyDunyo

Qozog`istonlik erkak o`zining dafn marosimidan so`ng uyiga qaytib keldi

'Qozog`istonlik erkak o`zining dafn marosimidan so`ng uyiga qaytib keldi 'ning rasmi

Qozog`istonlik bir keksa odam o`zining dafn marosimidan so`ng uyiga qaytib keldi, deb xabar qilmoqda Ria.ru nashri.

To`marli qishlog`ida yashovchi 63 yoshli Aygali Supugaliev joriy yilning iyun oyida uyidan chiqib ketib, qaytib kelmaydi. Qarindoshlari qidiruvga berishgach, ularni o`likxonaga chaqirishadi. O`likxonada esa kuyib ketgan erkakning jasadini ko`rsatishadi. DNK ekspertizasi marhum 99 foiz Aygali Supugaliev ekanligini tasdiqlaydi.

Shundan so`ng uni 4 sentyabr kuni dafn etishadi.

Ammo oradan ikki oy o`tib Aygali uyiga kirib keladi. Ma`lum bo`lishicha, u yollanma ishchi sifatida qo`shni viloyatga ketgan ekan.

Aygalining o`rniga kim ko`milgani esa ma`lum qilinmayapti.

    Boshqa yangiliklar