AsosiyDunyo

Hindistonda 96 yoshli kampir 4-sinfni bitirdi

'Hindistonda 96 yoshli kampir 4-sinfni bitirdi'ning rasmi

Hindistonning Kerala shtatida 96 yoshli o`rta maktab o`quvchisi Kartiani Amma 4-sinfni bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi, deb xabar qilmoqda Ren.tv nashri.

Maktab o`qituvchilaring ta`kidlashicha, keksa ayol sinfning eng a`lochi o`quvchilaridan ekan. U 3 ta fan bo`yicha imtihon topshirib, jami 98 ball to`plagan. Matematika bo`yicha berilgan masalalarni bexato echgani esa barchani hayratga solmoqda. Unga sertifikatni Kerala shtati hokimi tantanali tarzda topshirdi. Kartiani o`rta maktabda o`qishni 92 yoshida boshlagan va o`qish-yozishni ham shu erda o`rgangan. U bir umr farrosh bo`lib ishlagan va o`qishga sharoiti bo`lmagan.

    Boshqa yangiliklar