AQShning Mississipi va Alabama shtatlarida ro`y bergan tornado natijasida bir qator vayronagarchiliklar kelib chiqdi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.
Ikki kishi qulagan tom ostida qolib ketib, halok bo`lgan, yana 12 nafar inson tabiiy ofat oqibatida turli darajada jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Ko`chalarda daraxtlar singan, ayrim binolar jiddiy zarar ko`rgan.






