AsosiyDunyo

Uch nafar o`zbekistonlik Qozog`istondagi YTHda halok bo`ldi

'Uch nafar o`zbekistonlik Qozog`istondagi YTHda halok bo`ldi'ning rasmi

Qozog`istonninn Turkiston viloyatida mudhish YTH sodir bo`lgan. Natijada 5 kishi vafot etgan, ulardan 3 kishi o`zbekistonliklar bo`lgan.

RIA Novosti xabariga ko`ra, voqea yakshanbadan dushanbaga o`tar kechasi taxminan soat 1 da yuz bergan.

Aniqlanishicha, Chordara-Abay trassasida «MAZ» yuk mashinasi haydovchisi yo`lga yugurib chiqqan otni bosib ketgan. So`ng yuk mashinasi qarama-qarshi yo`nalishga chiqib, Lexus avtomobili bilan to`qnashgan.

YTH oqibatida Lexus haydovchisi (olmaotalik) va to`rt nafar yo`lovchi — Chordara tumani fuqarosi va uch nafar o`zbekistonliklar olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo`lgan. Engil mashinada bo`lgan yana bir o`zbekistonlik yo`lovchi esa tumani shifoxonasining jonlantirish bo`limiga etkazilgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar