Fransiya Ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan prezident Emmanyuel Makronga suiqasd uyushtirmoqchi bo`lgan 6 nafar kishi qo`lga olindi, deb xabar bermoqda BFM TV.
Xabarda aytilishicha, voqea bugun ertalab yuz bergan va ular radikal tashkilotlar a`zolari ekanligi aniqlandi.
2017 yilning yozida ham Makronga suiqasd uyushtirilgan edi. Bir yil oldin esa mamlakatning yuqori lavozimli rasmiylariga hujum qilmoqchi bo`lgan 10 ta jinoyatchi ushlangan.






