7 noyabr kuni kechqurun Zimbabvening Manikalend provinsiyasi Rusape shahrida avtobuslar to`qnashib ketdi, deb xabar bermoqda runews24 nashri.
Mamlakat Teleradiouzatish korporasiyasi xabar berishicha, buning oqibatida 47 kishi halok bo`lgan. Ularning ikki nafari yosh bola ekanligi aniqlangan.
Shuningdek, ayrim yo`lovchilarning ahvoli juda og`irligi aytilmoqda.
Ayni paytda yo`l transporti hodisasi yuz bergan joyda huquq-tartibot idoralari tekshiruv ishlari olib bormoqda.







