O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan o`z nomlari va belgilarida davlatning rasmiy nomi, ya`ni “O`zbekiston Respublikasi” hamda “O`zbekiston”dan foydalanishi mumkin bo`lgan yuridik shaxslar ro`yxatini belgilab qo`yildi.
Ulardan quyidagilar foydalanishi mumkin:
- O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar mahkamasi qarorlari asosida faoliyat yurituvchi va nomlari yuqoridagi normativ-hujjatlarda ko`rsatilgan yuridik shaxslar;
- Respublika miqyosidagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari;
- Ustav jamg`armasining 50 foizidan ortig`i davlat ulushiga teng bo`lgan xo`jalik birlashmalari;
- Respublika miqyosidagi yuridik shaxslar;
- Respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek bosh tashkilotning nomi to`liq qo`shib ko`rsatiladigan bo`linmalar;
- Davlat organlari va xo`jalik boshqarmalari, mahalliy davlat hokimyati organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaat asosida xorijiy investisiyalar hisobidan faoliyat yuritadigan korxonalar.
norma.uzning ma`lumotiga ko`ra, ushbu talablar davlat nomining boshqa tillarda aks ettirilishida ham qo`llaniladi.





