AsosiyDunyo

Endi ruslar Ukraina o`tolmaydimi?

'Endi ruslar Ukraina o`tolmaydimi? 'ning rasmi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko “Ukraina chegarasini noqonuniy kesib o`tish” uchun ruslarga nisbatan jinoiy jazo joriy etgan qonun loyihasini imzoladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.

Poroshenko 18 oktyabr kuni mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilingan farmonga imzo chekkanini ma`lum qildi. Ukraina chegara qo`shinlari xizmati Qrim hududini nazorat qilishiga qaramasdan, ko`pchilik sayohatchilar Rossiyadan yarimorolga uchib ketishni afzal ko`rishadi. Ukraina esa endi bu reyslarni chegaradan noqonuniy o`tish, deb hisoblaydi. Yangi qonunga ko`ra, ular 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar