1

Toshkentda "Italiya turizmi haftaligi" bo`lib o`tmoqda

Madaniyat 09.11.2018, 09:59
Toshkentda "Italiya turizmi haftaligi" bo`lib o`tmoqda

Toshkentda «Turizm o`quv konsalting markazi» davlat unitar korxonasi va Italiyaning GalileoFerraris instituti hamkorligida «Italiya turizmi haftaligi» davom etmoqda. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Loyiha mobaynida italiyalik ekspertlar bir qator soha vakillari: mehmonxona, restoran va turistik korxonalar xodimlari, restoran oshpazlari, barmenlar, somelelarning kasbiy mahoratlarini oshirishga yo`naltirilgan master-klasslarni namoyish etadi.

Tadbir mobaynida Italiya turizm industriyasining etakchi ekspertlari tomonidan turizm va gastronomiyaning eng qiziqarli hamda dolzarb mavzulari yoritib beriladi. Keyinchalik tadbir ishtirokchilari bu erda olgan yangi bilimlarni o`z faoliyatlarida qo`llashlari mumkin. Kurs yakunida esa barcha ishtirokchilarga tadbir tashkilotchilari tomonidan xalqaro sertifikat va qimmatbaho sovg`alar topshiriladi.

Tashkil etilayotgan mahorat darslarida turizm va mehmonxona xo`jaligi kasb-hunar kollejlari, mehmonxona, restoran va turistik korxonalarning 70 nafardan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.

Ma`lumot uchun, institut Italiyadagi umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo`jaligiga ixtisoslashgan davlat maktabi bo`lib, turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo`yicha etakchi muassasa hisoblanadi. Hozirgi kunda mazkur maktab 1,6 ming nafar o`quvchiga 5 yillik ta`limni taklif etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1