AsosiyDunyo

Aqto`be fojiasi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo`yicha hukm chiqarildi

'Aqto`be fojiasi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo`yicha hukm chiqarildi 'ning rasmi

Qozog`istonning Aqto`be viloyatida 52 nafar o`zbekistonlik yonib ketgan avtobus haydovchilariga hukm o`qildi. Jami 5 ayblanuvchiga jazo tayinlangan. Bu haqda Bu haqda Sputnik Qozog`iston xabar qildi.

Avtobus haydovchilari B.Tanatov, N.Qirg`izboev va M.Pernebekovga sud 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi. Ular keyingi 7 yil mobaynida yo`lovchi tashish xizmati sohasida ishlay olishmaydi.

Avtobusga egalik qiluvchi «Aziya tranzit servis» mexanigi B.Perdebaev hamda kompaniya direktori N.Tlepbaev esa 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Ular sud zalida qamoqqa olingan.

Bundan tashqari, sudlanuvchilar halok bo`lgan 52 o`zbekistonlik uchun ularning oila a`zolariga 2 million tenge miqdorida tovon puli to`lashadi.

    Boshqa yangiliklar